Bugun 11 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Jizzaxda IIO xodimlari fuqaroni kaltaklagani aytilgan xabarlarga izoh berildi

Jizzaxda IIO xodimlari fuqaroni kaltaklagani aytilgan xabarlarga izoh berildi

Avvalroq Jizzaxda ichki ishlar xodimlari fuqaroni kaltaklagani aytilayotgani haqida xabar berilgandi. Jizzax viloyati IIB holat yuzasidan izoh berdi.

Ma’lum qilinishicha, 5 may kuni soat 00:35 larda Arnasoy tumanidagi ovqatlanish shoxobchasidan qo‘riqlash bo‘limiga xabar kelib tushgan. Soha vakillari yetib borganida mast holatdagi fuqaro D.CH. ovqat haqini to‘lamagani aniqlanadi.

Ta’kidlanishicha, fuqaro shoxobcha hovlisida bir necha fuqarolar bilan janjallashadi. Fuqaro D.CH. ketmagach holat yuzasidan ichki ishlar organlariga xabar beriladi. Chaqiriq asosida soat 01:20 larda hudud profilaktika inspektori yetib keladi va fuqarodan uyiga ketishni so‘raydi.

Ammo fuqaro inspektorga bo‘ysunmaydi va IIO xodimi hamkasbi bilan uning qo‘liga kishan solib, narkologiya dispanseriga yetkazadi, deyiladi xabarda.

Viloyat prokuraturasining ma’lum qilishicha, mazkur holat yuzasidan Arnasoy tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

To‘plangan hujjatlar asosida qonuniy qaror qabul qilinishi Jizzax viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.

Kiritildi: 11:24 09.05.2025. O'qildi: 671 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!