Bugun 11 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

AQSh sun’iy intellekt sohasidagi texnologik poygada orqada qolishi mumkin

AQSh sun’iy intellekt sohasidagi texnologik poygada orqada qolishi mumkin

AQSh sun’iy intellekt sohasidagi texnologik poygada orqaga surishi mumkin. Bu haqda ABI Research tahliliy agentligi hisobotida ma’lum qilindi.

Tramp bojxona to‘lovlari hozirgi ko‘rinishda — aksariyat mamlakatlar uchun 10%, Xitoy uchun esa 145% miqdorida kuchga kirsa, Amerika sun’iy intellekt sohasidagi yetakchiligini yo‘qotish xavfi ostida qoladi.

Tahlilchilar barcha server qismlarining narxi keskin oshishini bashorat qilmoqda. Sun’iy intellekt quvvatlarini oshirish uchun esa birinchi navbatda miqyos samarasi muhim — yirik infratuzilma loyihasida bitta detalning narxi ozgina o‘zgarishi ham ulkan xarajatlarga olib kelishi mumkin.

Shu bilan birga, Xitoydan tashqari boshqa davlatlar hozircha javob bojxona to‘lovlarini e’lon qilmagan va AQSh ma’muriyatining harakatlariga qarab qaror qabul qiladi.

Amerika kompaniyalari joriy yil davomida bir necha bor ta’minotchilar zanjirini qayta tuzishiga to‘g‘ri kelishi ehtimoldan xoli emas.

Kiritildi: 11:03 09.05.2025. O'qildi: 613 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!