Bugun 8 may, 2025 yil, payshanba

КИР

Shimoliy Koreya Rossiyaning migrantlar kamomadini to‘ldiradi

 Shimoliy Koreya Rossiyaning migrantlar kamomadini to‘ldiradi

Shimoliy Koreya hukumati Rossiyaga 15 mingga yaqin mehnat muhojirini jo‘natgan. Bu haqda The Wall Street Journal va Reuters agentliklari Janubiy Koreya razvedkasi ma’lumotlariga tayanib xabar bermoqda.

BMT Xavfsizlik Kengashi sanksiyalariga ko‘ra 🇺🇳 , Shimoliy Koreyaga o‘z fuqarolarini chet elda ishlash uchun yollash taqiqlangan , bu chora mamlakat yadroviy dasturini moliyalashtirishni cheklash uchun kiritilgan.

Biroq, Rossiya statistikasi shuni ko‘rsatadiki, 2024 yilda KXDR fuqarolarining Rossiyaga kirishi 2023 yilga nisbatan 12 baravar ko‘paygan. OAV ta’kidlaganidek, ularning aksariyati talaba vizasi bilan kirgan.

Important Stories va Mediazona ma’lumotlariga ko‘ra, birgina 2024-yilda 7,8 ming Shimoliy Koreya fuqarosi Rossiyaga rasmiy ravishda o‘qish uchun kelgan. Shu bilan birga, Ta’lim va fan vazirligining rasmiy ma’lumotlariga ko‘ra, o‘sha yil boshida mamlakatda KXDRdan atigi 130 nafarga yaqin talaba bo‘lgan.

Kelganlarning asosiy qismi Uzoq Sharqdagi qurilish va ishlab chiqarish ob’ektlarida ishlagani aytiladi.

Yonhap axborot agentligi avvalroq Pxenyan ishchi kuchi tanqisligi kuchayib borayotgan bir paytda Rossiyaga minglab ishchilarini yuborganini xabar qilgan edi. Rossiya Mehnat vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2030 yilga borib mamlakatda 2,4 million ishchi yetishmasligi mumkin.

KXDR ishchilardan tashqari Rossiyaga harbiy xizmatchilarni ham jo‘natadi. Janubiy Koreya razvedkasi 2024 yildan beri KXDRning 15 ming askari Rossiyaga kelganini, ulardan 600 nafari halok bo‘lganini da’vo qilmoqda. Moskva va Pxenyan Shimoliy Koreya qo‘shinlarining aprel oyida Kursk viloyatidagi janglarda ishtirok etganini rasman tan oldi.

Kiritildi: 12:27 06.05.2025. O'qildi: 683 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!