Bugun 7 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

Evropa davlatlaridan biri Rossiya bilan urushga tayyorlana boshladi

Evropa davlatlaridan biri Rossiya bilan urushga tayyorlana boshladi

Britaniya Rossiya bilan urush holatida yangilangan harakat rejasini ishlab chiqishga kirishdi. Bu haqda Telegraph gazetasi xabar bermoqda .

Ta`kidlanishicha, yangi reja urushning dastlabki kunlarida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan harakatlar ketma-ketligini belgilab beradi. Maxfiy hujjat hukumatning urush e’loniga munosabatini belgilaydi, shuningdek, qirol oilasi va vazirlar mahkamasi uchun bunkerlar, ommaviy eshittirish va resurslarni yig‘ish masalalariga to‘xtalib o‘tadi.

Nashrning qayd etishicha, reja bir nechta urush stsenariylarini o‘z ichiga oladi: an’anaviy, yadroviy va kiber. Gazetaning ta’kidlashicha, aynan Kremldan kelayotgan tahdid ushbu hujjatni tayyorlashga turtki bo‘lgan.

Kiritildi: 06:02 06.05.2025. O'qildi: 3450 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!