Bugun 7 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

Shahid Rajay portidagi portlash oqibatida yetkazilgan zarar baholandi

Shahid Rajay portidagi portlash oqibatida yetkazilgan zarar baholandi

26 aprel kuni Eronning Shahid Rajay portida yuz bergan portlash oqibatida yetkazilgan zarar 3-5 milliard dollarga baholangan.

Report”ning Eron OAVlariga tayanib xabar berishicha, bu haqda Eron telekommunikasiyalar va axborot texnologiyalari vaziri o‘rinbosari Muhammad-Muhsin Sadr ma’lum qilgan.

Uning qayd etishicha, ko‘rilgan zarar ko‘lamiga qaramay, mamlakat hodisa oqibatlarini zamonaviy texnologiyalar yordamida bartaraf etishni rejalashtirmoqda.

Shahid Rajay portidagi kimyoviy moddalar omborida portlash sodir bo‘ldi. Portlash katta yong‘inga sabab bo‘ldi, 70 ga yaqin odam halok bo‘ldi, yana 1200 kishi jarohatlandi.

Eron hukumati portlashlarda gumon qilingan ikki kishini hibsga oldi.

Kiritildi: 21:08 05.05.2025. O'qildi: 574 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!