Yamanning hutiylari Isroilning Ben-Gurion aeroportiga qarshi harbiy operasiya o‘tkazganini ma’lum qildi. Bu haqda guruh vakili Yahyo Sariya Al Jazeera telekanaliga ma’lum qildi.
"Biz ishg‘ol qilingan Yaffa hududidagi Ben Gurion aeroportini nishonga olgan harbiy operasiya o‘tkazdik" - dedi Saria.
U xalqaro aviakompaniyalarni Ben Gurionga uchishdan tiyilish haqida ogohlantirdi, chunki u hozirda xavfli.
Sarianing so‘zlariga ko‘ra, Amerika va Isroil havo hujumidan mudofaa tizimlari hutiy raketalarini tuta olmagan.
Avvalroq Ben Gurion hududida raketa qoldiqlari qulashi oqibatida jabrlanganlar soni sakkiz nafarga yetgani xabar qilingandi.
Hodisa ortidan aeroport kiruvchi va chiquvchi reyslar uchun yopilgan. Voqea joyidan olingan kadrlarda qulagan vayronalar natijasida ulkan krater paydo bo‘lgan.