Bugun 6 may, 2025 yil, seshanba

КИР

Navoiyda avtohalokat oqibatida ikki nafar yoshlar yetakchisi vafot etdi

Navoiyda avtohalokat oqibatida ikki nafar yoshlar yetakchisi vafot etdi

Karmana tumanida ikki nafar yoshlar yetakchisi avtohalokat natijasida vafot etdi, bir nafar xodim shifoxonaga yotqizildi.

Navoiy viloyati Karmana tumani “Farhod” mahallasi yoshlar yetakchisi Ulug‘bek Oblaqulov va ushbu tumanning “Bahrom” mahallasi yoshlar yetakchisi Muhriddin Bahronov avtohalokat natijasida vafot etdi.

Karmana tumani Yoshlar ishlari bo‘limi sho‘ba mutaxassisi Valijon Kasimov shifokorlar nazoratida qolmoqda.

Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev marhumlarning oila-a’zolariga ta’ziya bildirdi. Ularning ota-onasi va yaqinlariga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatilishi ma’lum qilindi.

Kiritildi: 15:08 04.05.2025. O'qildi: 750 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!