“Yangi O‘zbekiston” universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi Prezident qarori (PQ-151-son, 28.04.2025 y.) qabul qilindi.
🔰Qarorga ko‘ra, Universitetda texnika va tibbiyot sohalaridagi ilmiy-tadqiqot loyihalarini grant asosida moliyalashtirishning yangi mexanizmi joriy etiladi. Bunda:
🔸ilmiy-tadqiqot loyihasini 1 yillik moliyalashtirish qiymati BHMning 2 500 barobaridan yuqori bo‘lgan hollarda ushbu loyihani moliyalashtirish xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlar reytingida yuqori 30 talik ro‘yxatga kirgan oliy ta’lim tashkiloti xulosasi asosida amalga oshiriladi;
🔸ilmiy-tadqiqot loyihalariga ajratilgan mablag‘larning kamida 60 foizi ushbu loyiha doirasida foydalanish uchun tegishli asbob-uskuna xarid qilishga yo‘naltiriladi.
✅Shuningdek, ilmiy-tadqiqot loyihasini 1 yillik moliyalashtirish qiymati BHMning 5 000 barobaridan yuqori bo‘lgan hollarda ushbu loyiha rahbariga quyidagi majburiyatlar yuklanadi:
▪️ilmiy-tadqiqot loyihasi umumiy qiymatining kamida 20 foizini hamkorlikda moliyalashtirish maqsadida xorijiy grantlarni jalb qilish;
▪️ilmiy-tadqiqot loyihasini 3 nafar doktorant va 10 nafar magistrantni jalb qilgan holda amalga oshirish;
▪️ilmiy-tadqiqot loyihasini amalga oshirishda kamida 10 nafardan iborat tadqiqotchilar guruhini tuzish hamda kamida Xirsh indeksi 20 dan yuqori bo‘lgan 1 nafar chet ellik olimni jalb qilish.
🏢Universitetda Yevropa standartlari asosida Germaniya Federativ Respublikasining oliy ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlikda tibbiyot fakulteti tashkil etiladi.