Gazetaning Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi bilan aloqador manbasining ma’lum qilishicha, Bandar-Abbos shahri yaqinidagi Shahid-Rajai portida natriy perxlorat saqlangan konteynerlar portlagan. Bu modda qattiq raketa yoqilg‘isi ishlab chiqarishda qo‘llaniladi.
Avvalroq Eronning davlat axborot agentligi rasmiylarga tayanib, portda kimyoviy moddalar saqlangan konteynerlar portlagani haqida xabar bergan, biroq gap qaysi modda haqida ketayotganiga aniqlik kiritmagandi.
"Ambrey xususiy xavfsizlik kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, mart oyida Shahid-Rajai portiga Xitoydan "natriy perxlorat asosidagi raketa yoqilg‘isi" yetkazib berilgan.
Financial Times yanvar oyida bu yoqilg‘ining G‘azo sektoridagi HAMAS bilan urush chog‘ida Isroilga qarshi bevosita hujumlar natijasida tugab qolgan Eron raketa zaxiralarini to‘ldirish uchun mo‘ljallangani haqida xabar bergan edi.
Hodisa AQSh va Eron o‘rtasida Tehronning yadro dasturi bo‘yicha muzokaralarning uchinchi raundi o‘tkazilgan kuni yuz berdi. Eron rasmiylari portlashni “hujum harakati” deb bevosita tasdiqlamadi, biroq Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchining so‘zlariga ko‘ra, mamlakat xavfsizlik xizmatlari "yuqori tayyorgarlik holatida" turibdi.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, portlash oqibatida kamida 28 kishi halok bo‘lgan, 6 kishi bedarak yo‘qolgan, 1100 dan ortiq odam jarohatlangan.