Bugun 29 aprel, 2025 yil, seshanba

КИР

Birlashgan Qirollik Suriyaga qarshi sanksiyani bekor qildi

Birlashgan Qirollik Suriyaga qarshi sanksiyani bekor qildi

Buyuk Britaniya hukumati Bashar Asad dekabr oyida hokimiyatdan ag‘darilganidan so‘ng mamlakatni qayta tiklashga yordam berish uchun Suriyaning o‘nlab tashkilotlari, jumladan hukumat idoralari va ommaviy axborot vositalariga nisbatan amaldagi sanksiyani to‘xtatdi. Bu haqda "Euronews" xabar berdi.

Qirollik "Asadning repressiv boshqaruvini qo‘llab-quvvatlagan, tinch aholini zo‘ravonlik bilan bostirishga yordam bergan va noto‘g‘ri ma’lumot tarqatganlarga qarshi" sanksiya kiritgan edi.

- Suriya xalqi o‘z mamlakati va iqtisodiyotini tiklash imkoniyatiga loyiq va bu mamlakatdagi barqarorlik davlatimiz milliy manfaatiga mos, - dedi Yaqin Sharq bo‘yicha vazir Hamish Falkoner.

Damashqning yangi rahbarlari qariyb 14 yillik fuqarolar urushidan so‘ng vayron bo‘lgan iqtisodiyot va infratuzilmani tiklashga qiynalmoqda.

Kiritildi: 15:31 27.04.2025. O'qildi: 781 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!