Bugun 29 aprel, 2025 yil, seshanba

КИР

New York Times Eron portidagi portlash sababini yozdi

New York Times Eron portidagi portlash sababini yozdi

Eron portidagi portlash kimyoviy moddalarning noto‘g‘ri saqlanishi oqibatida yuz bergan bo‘lishi mumkin. Bu haqda New York Times yozmoqda.

Nashrning Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi bilan aloqador manbasi xabar berishicha, Bandar Abbos shahri yaqinidagi Shahid Rajayi portida natriy perxlorat solingan konteynerlar portlagan. Bu modda qattiq raketa yoqilg‘isi ishlab chiqarishda qo‘llaniladi.

Ilgari Eron davlat axborot agentligi portda kimyoviy moddalar joylangan konteynerlar portlaganini aytgan amaldorning so‘zlarini keltirgan, ammo qaysi modda haqida gap ketayotgani aniqlanmagan edi.

O‘z navbatida, Associated Press agentligi Ambrey xususiy qo‘riqlash firmasi ma’lumotlariga asoslanib, port mart oyida "natriy perxlorat asosidagi raketa yoqilg‘isi" partiyasini qabul qilganini xabar qildi. Bu yoqilg‘i Xitoydan dengiz yo‘li orqali Eronga yuborilgan.

Yanvar oyida Financial Times gazetasi yoqilg‘i G‘azo sektorida HAMAS bilan urush paytida Isroilga to‘g‘ridan-to‘g‘ri hujumlar natijasida tugab qolgan Eronning raketa zaxiralarini to‘ldirish uchun ishlatilishi kerakligi haqida xabar bergan edi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Eron portida sodir bo‘lgan portlash oqibatida kamida 14 kishi halok bo‘lgan, yana 750 kishi jarohatlangan.

Kiritildi: 10:58 27.04.2025. O'qildi: 1360 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!