Isroil kuchlari G‘azoni bombardimon qilishni davom ettirmoqda, shanba kuni kamida 40 falastinlik halok bo‘ldi. Yordam tashkilotlari vakillari jinoyatchi Isroil qamalida "keng miqyosli ocharchilik holati" yuzaga kelayotgani haqida ogohlantirmoqda.
HAMAS Misr poytaxti Qohiradagi vositachilarga "tinchlik o‘rnatish, asirlarni almashish va qayta tiklashni o‘z ichiga olgan keng qamrovli kelishuvga erishish bo‘yicha o‘z qarashlarini" taqdim etganini ma’lum qildi.
AQSh Yaman husiylariga qarshi hujumlarini davom ettirmoqda. OAV xabar berishicha, Sanodagi bir necha tumanlar bombalandi, natijada kamida sakkiz kishi yaralandi.
Isroilning G‘azoga qarshi urushi 18 oy oldin boshlanganidan beri 51 495 falastinlik halok bo‘lgani va 117 524 nafari yaralangani tasdiqlangan. G‘azo hukumati matbuot xizmati vayronalar ostida bedarak yo‘qolgan minglab odamlar o‘lgan deb taxmin qilinayotganini aytib, qurbonlar sonini 61 700 dan ortiq kishiga yetganini ma’lum qildi.