O‘zbekistondagi mobil internet tezligi avgustga nisbatan bir pog‘ona yaxshilangan bo‘lib, o‘rtacha yuklab olish tezligi 23,63 Mbit/s, yuklash tezligi esa 12,6 Mbit/s ni tashkil qilgan.
Dunyoda eng tez mobil internet Birlashgan Arab Amirliklarida qayd etilgan. U yerda sentyabr oyida yuklab olish tezligi 211,58 Mbit/s, yuklash tezligi esa 22,02 Mbit/s. Qatar ikkinchi, Xitoy esa uchinchi o‘rinda.
Markaziy Osiyo davlatlari orasida Qozog‘iston sentyabr oyida mobil internet tezligi bo‘yicha birinchi o‘rinni egalladi (umumiy reytingda 66-o‘rin). Qirg‘iziston ikkinchi (88-o‘rin), O‘zbekiston uchinchi (100-o‘rin), Tojikiston to‘rtinchi (136-o‘rin) bo‘ldi.
Bu sentyabr oyidagi tahlil bo‘lib, unda 141 mamlakat internet ko‘rsatkichi hisoblangan.