Shuningdek, uning o‘g‘li Mojtabo Xomanaiyni ham ayrim siyosiy guruhlar qo‘llab-quvvatlayotgani aytilmoqda.
Rossiya tomoni Yadro qurolini tarqatmaslik to‘g‘risidagi shartnoma tamoyillariga putur yetkazilishi mumkinligidan xavotir bildirdi.
Ukraina Tashqi ishlar vazirligi Tehronga qilingan hujumlarni Eron rejimining shafqatsizligi bilan bog‘laydi.
Fors ko‘rfazidan dunyo bozorlariga yetkazib beriladigan neftning uchdan bir qismi aynan ushbu bo‘g‘oz orqali o‘tadi.
Shuningdek, Rossiya va Xitoy ham BMT Xavfsizlik kengashining shoshilinch yig‘ilishini chaqirishni so‘radi.
Ayrim boshqa ziyoratgohlarda esa to‘planganlar “Amerikaga o‘lim” va “Isroilga o‘lim” deya shiorlar aytib turishibdi.
Biz Eron suverenitetini ochiqchasiga buzayotgan hamda do‘st va qardosh Eron xalqining tinchligiga tahdid solayotgan bugungi hujumlarni qoralaymiz.
”Eron xalqining qasos qo‘li millat imomining qotillarini og‘ir, qat’iy va pushaymon qiluvchi jazoga tortmaguncha tinch qo‘ymaydi”, deyiladi Eron islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi bayonotida.
28 fevral kuni ertalab Isroil Eronga "zarba" berdi, bir necha soatdan so‘ng esa AQSh prezidenti Donald Tramp yirik harbiy operasiya boshlanganini e’lon qildi.
Ehtimoliy nomzodlar orasida quyidagilar tilga olinmoqda
Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Livitt muloqot qachon bo‘lib o‘tganiga aniqlik kiritmadi.
Shuningdek, u AQShda Eronni kelajakda kim boshqarishi mumkinligi haqida «juda aniq tasavvur» mavjudligini ta’kidladi.