Bugun 1 mart, 2026 yil, yakshanba

КИР

Erdo‘g‘an Eronga qilingan hujumlarni qoraladi

Erdo‘g‘an Eronga qilingan hujumlarni qoraladi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Isroil va AQShning Eronga qilgan hujumlarini qoraladi, shu bilan birga Eronning mintaqadagi mamlakatlarga zarba berishini nomaqbul deb atadi.

"Biz Eron suverenitetini ochiqchasiga buzayotgan hamda do‘st va qardosh Eron xalqining tinchligiga tahdid solayotgan bugungi hujumlarni qoralaymiz. Biz Isroil provokasiyalari bilan boshlangan Amerika-Isroil hujumlaridan qayg‘uda va tashvishdamiz. Biz uzoq vaqt davomida kelishmovchiliklarni muloqot yo‘li orqali bartaraf qilishga qattiq harakat qildik. Mintaqamizdagi boshqa davlatlar ham bor imkoniyatlarini ishga solishdi. Ammo istalgan natijaga erishilmadi, chunki Isroilning jarayonni buzishga urinishlari davom etgani sababli tomonlar o‘rtasidagi ishonch inqirozini bartaraf etib bo‘lmadi", - dedi Erdo‘g‘an.

U shuningdek, "Turkiya Eronning Fors ko‘rfazidagi birodar mamlakatlarga sabablardan qat’i nazar hujum qilishini nomaqbul deb hisoblashi”ni bildirdi.

Turkiya prezidenti Eron atrofidagi vaziyatni barqarorlashtirish uchun diplomatik tashabbuslarni faollashtirish niyatida ekanini aytdi.

"Biz sulh tuzilishi va muzokaralar qaytadan boshlanishi uchun diplomatik harakatlarni zudlik bilan faollashtiramiz. Bu og‘ir damlarni bartaraf etmagunimizcha davlat va xalq sifatida mintaqadagi bizga birodar xalqlarni qo‘llab-quvvatlaymiz", - deb ta’kidladi u.

Erdo‘g‘anning so‘zlariga ko‘ra, sog‘lom aql va hushyor yondashuvsiz "diplomatiyaga yo‘l ochilmaydi, mintaqa olov ichida qoladi".

"Bunga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Urush kengaymasligi, yanada ko‘p qon to‘kilmasligi va mintaqamiz yanada ko‘proq aziyat chekmasligi uchun barcha tomonlar, eng avvalo islom olami zudlik bilan chora ko‘rishi shart", - dedi u.

Kiritildi: Bugun 10:05. O'qildi: 691 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!