Bu haqda Eron prezidenti ofisi xabar berdi.
Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi Oyatulloh Xominaiyning o‘limi uchun qasos olinishini bildirdi
“To‘liq kuch va qat’iyat bilan biz bu jinoyatning aybdorlari va tashkilotchilarini qilgan ishlaridan pushaymon qildiramiz”, deyiladi Eron hukumati bayonotida.
”Eron xalqining qasos qo‘li millat imomining qotillarini og‘ir, qat’iy va pushaymon qiluvchi jazoga tortmaguncha tinch qo‘ymaydi”, deyiladi Eron islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi bayonotida.
Ayni damda Oyatulloh Ali Xominaiyning vafoti munosabati bilan Eronning Mashhad shahridagi Imom Rizo masjidi ustiga motam bayrog‘i ko‘tarilmoqda, deb xabar berdi Eron davlat televideniyesi.