Oq uy AQSh prezidenti Donald Tramp va Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tganini tasdiqlaydi. Bu haqda matbuot kotibi Kerolayn Livitt X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.
"Prezident bosh vazir Netanyaxu bilan ham telefon orqali muloqot qildi," - deyiladi xabarda.
Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Livitt muloqot qachon bo‘lib o‘tganiga aniqlik kiritmadi.
Livittning so‘zlariga ko‘ra, Donald Tramp Eronga berilgan zarbalarni o‘zining Mar-a-Lago qarorgohida milliy xavfsizlik guruhi a’zolari bilan birgalik kuzatib bormoqda.
Avvalroq Tramp va Netanyaxu Eron bilan bog‘liq vaziyat fonida muzokaralar o‘tkazgani haqida Isroil televideniyesining 12-kanali xabar bergan edi.