Oyatulloh Xominaiy vafot etgani e’lon qilinganidan so‘ng uni xotirlash uchun minglab odamlar Tehron ko‘chalariga chiqdi.
Eron oliy rahbari Oyatulloh Ali Homanaiy vafoti haqidagi xabarlar ortidan mamlakatda turlicha munosabatlar kuzatilmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda Imom Husayn ziyoratgohida odamlar motam tutayotgani aks etgan kadrlar tarqaldi.
Ayrim boshqa ziyoratgohlarda esa to‘planganlar “Amerikaga o‘lim” va “Isroilga o‘lim” deya shiorlar aytib turishibdi.
The New York Times nashrining yozishicha, tunda Tehron va boshqa shaharlarida katta guruhlar ko‘chalarga chiqib, Homanaiyning halokati haqidagi xabarni nishonlagan.
Hozircha rasmiy idoralar mazkur holatlar yuzasidan batafsil izoh bermagan.