Fransiya AQSH, Isroil va Eron o‘rtasidagi keskinlashuv tufayli bilan BMT Xavfsizlik Kengashini zudlik bilan chaqirishni talab qildi, deb yozmoqda Emmanuel Makron.
Fransiya prezidentining bildirishicha, AQSH, Isroil va Eron o‘rtasida urush boshlanishi tinchlik va xalqaro xavfsizlik uchun jiddiy oqibatlarga olib keladi.
Emmanuel Makronning boshqa bayonotlar:
◾️ Fransiya yaqin hamkor davlatlarining so‘roviga ko‘ra, ularni himoya qilish uchun zarur resurslarni safarbar etishga tayyor;
◾️ Keskinlashuv barcha tomonlar uchun xavfli;
◾️ Yaqin Sharqdagi fuqarolar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha choralar ko‘rilgan.
Shuningdek, Rossiya va Xitoy ham BMT Xavfsizlik kengashining shoshilinch yig‘ilishini chaqirishni so‘radi.
Mintaqada vaziyat keskinligicha qolmoqda, tomonlar esa harbiy harakatlarni davom ettirishini bildirmoqda.