Bu haqda The New York Times nashri xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, u o‘zidan keyingi hokimiyat tizimini oldindan rejalashtirgan. Mamlakat boshqaruvi vaqtincha uning yaqin ittifoqchilaridan biri — tajribali siyosatchi Ali Lorijoniyga berilgani aytilmoqda.
Ehtimoliy vorislar sifatida quyidagi shaxslar tilga olinmoqda:
— G‘ulom Husayn Mohseni‑Ejeiy
— Ali Asg‘ar Hijoziy
— Hasan Xomeyniy
Shuningdek, uning o‘g‘li Mojtabo Xomanaiyni ham ayrim siyosiy guruhlar qo‘llab-quvvatlayotgani aytilmoqda. Ammo Xomanaiy lavozim meros bo‘lib qolishini istamagan.