Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Ziroatxon Mirziyoyeva Sardoba xalqi bilan uchrashdi

Ziroatxon Mirziyoyeva Sardoba xalqi bilan uchrashdi

Bugun «Zamin» fondi Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva Sardoba suv ombori fojiasi natijasida uylari suv ostida qolib, boshqa hududlarga evakuasiya qilingan aholi holidan xabar olib, ular bilan suhbatlashdi.

“Zamin” fondi tomonidan boshlangan ijtimoiy aksiyaga ko‘ra, falokatidan jabr ko‘rgan barcha yoshi ulug‘larga sanatoriylar uchun, bolalarga esa yozgi oromgohlar uchun bepul yo‘llanma beriladigan bo‘ldi.

Bugun Sirdaryoda bo‘lgan uchrashuvlardan ayrim xulosalarimni bo‘lishmoqchiman.

Hamma yordamga shoshilgan. Fojiani o‘zbekistonliklar yuragiga juda yaqin olishgan, jabrlanganlar bilan qalban birga bo‘lishmoqda. Evakuasiya qilinganlarning aytishicha, begona insonlar xuddi yaqin qarindoshlarday g‘amxo‘rlik qilishmoqda. Garchi hokimlik hamda xayriya markazlari orqali yegulik, kiyim-kechak va boshqa buyumlar olib kelinayotgan bo‘lsa ham, yon-atrofda yashovchi aholi ham doimiy ravishda evakuasiya qilinganlarni yo‘qlab turishibdi ekan. Hatto har kuni sut-qatiqqacha olib chiqib turishibdi, deyishdi (xuddi “Ilhaq” filmidagi epizodga o‘xshash).

Uyi suv ostida qolgan Hayitgul ayaning o‘g‘li bu yil tibbiyot oliygohining ordinaturasini tugatib, onlayn diplom olibdi. Yangi uyga kelin tushirish niyatida, Xudo xohlasa.

«O‘zbekistonda yaxshilar ko‘p ekan. Oldin ham buni bilardimu, lekin bu darajada deb tasavvur qilmagandim. Shu sinov bahona insonlar bir-birimizni qadrlashni o‘rgandik, menimcha. Bizga yordam berayotgan yaxshi insonlar haqqiga ulug‘ Ramazon kunlarida, namozlarimizda duo qilyapmiz», - dedilar Hayitgul aya.

Menimcha, ustma-ust bo‘lgan fojialar va pandemiya odamlarimizni tarbiyalamoqda, jamiyat xarakterida qandaydir yangi chizgilar paydo bo‘lmoqda. Biz ham oxiri baxayr bo‘lsin, deb duodamiz. Va yaxshilik qilishga shoshilgan barcha insonlarga minnatdorlik bildiramiz.

@xushnudbek

Kiritildi: 23:59 21.05.2020. O'qildi: 4773 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!