Ziroat Mirziyoyeva Xorazm viloyatiga tashrifi davomida 96-son zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatida bo‘ldi hamda Urganch shahridagi yoshlar ijodiyot markazidagi inklyuziv ijtimoiy muhit bilan tanishdi.
Maktabda o‘tkazilgan hunarmandchilik yarmarkasi va robototexnika musobaqasi alohida bahoriy kayfiyat yaratdi. Bolalar o‘zlari tanlagan yo‘nalishlar bo‘yicha o‘qish jarayonida shakllangan ijodiy va texnik qobiliyatlarini namoyish etdilar. "Zamin Education" sinfida esa mehmonlarga o‘quvchilarning oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun imtihon topshirishga tayyorgarlik jarayoni namoyish etildi.
"Zamin" fondi Vasiylik kengashi raisiga ijodiy markaz pedagoglari "International Inclusive Hub"ning inklyuziv kasb-hunar ta’limini rivojlantirishga qaratilgan metodikalarini joriy etish va kengaytirish bo‘yicha mintaqaviy platformani taqdimot qildi.