Ziroat Mirziyoyeva ekomaktab o‘quvchilari va mahalliy aholi bilan birgalikda Xivaning yangi yashil jamoat makonini barpo etishda ishtirok etdi.
Yaqin-yaqingacha bo‘sh turgan qariyb 8 gektarlik maydonga hududning tabiiy-iqlim sharoitidan kelib chiqib tanlangan 3 ming tupdan ortiq daraxt va o‘simlik ko‘chatlari o‘tqazilmoqda.
Yangi bog‘ nafaqat shaharga ko‘rk bag‘ishlaydi, balki hududning ekologik holatini yaxshilashga muhim hissa qo‘shib, aholi uchun so‘lim dam olish va muloqot maskaniga aylanadi.