Bugun 28 sentyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Ziroat Mirziyoyeva Seulda madaniy dasturda ishtirok etdi

Ziroat Mirziyoyeva Seulda madaniy dasturda ishtirok etdi

"Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi" formatidagi birinchi sammit doirasida O‘zbekiston Respublikasi Birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva Koreya Respublikasi Birinchi xonimi Kim Xe Gyon va Qirg‘iz Respublikasi Birinchi xonimi Aygul Japarova bilan birgalikda "Chong Va De" qarorgohida o‘tkazilgan madaniy dasturda ishtirok etdi.

Dastur avvalida Birinchi xonimlar an’anaviy choy marosimi davomida madaniy muloqotning, milliy an’analarni asrab-avaylashning hamda Markaziy Osiyo mamlakatlari va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi gumanitar aloqalarni yanada mustahkamlashning ahamiyati yuzasidan fikr almashdilar.

Shundan so‘ng yuqori martabali mehmonlarga Koreyaning boy madaniy merosi bilan tanishtiruvchi konsert dasturi namoyish etildi. Dasturdan an’anaviy koreys raqslari va musiqiy asarlar o‘rin oldi.

Kiritildi: 17:28 16.09.2026. O'qildi: 659 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!