Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Zinedin Zidan turk klubini qabul qilib olishga tayyor

Zinedin Zidan turk klubini qabul qilib olishga tayyor

Turkiyadan aql bovar qilmas yangiliklar. Zinedin Zidan "Fenerbaxche"ning yangi bosh murabbiyi bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda.

"Joriy yozda jamoani sezilarli darajada kuchaytirgan "Fenerbaxche" rahbariyati Zinedin Zidan bilan dastlabki kelishuvga erishdi. 53 yoshli murabbiy maosh va shartlar bo‘yicha muzokaralar yakunlangach, Turkiyaga yetib keladi," - deyiladi Sabah Spor sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, "Fenerbaxche" yaqinda Joze Mourinyoni iste’foga chiqargan edi. Bunga Istanbul "kanareykalari" Chempionlar Ligasi saralashida "Benfika"dan o‘ta olmagani sabab bo‘ldi.

Avvalroq matbuotda Zinedin Zidan Fransiya terma jamoasi boshqaruvida Didye Desham o‘rnini egallashni rejalashtirayotgani haqida yozishgandi. Desham bu lavozimni 2026 yilgi jahon chempionatidan keyin tark etadi.

Kiritildi: 16:58 06.09.2025. O'qildi: 1110 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!