Zimbabve shimoli-sharqidagi Marondera shahri yaqinida vertolyot halokatida olti kishi halok bo‘ldi.
Bu haqda Zimbabve axborot va radioeshittirish xizmatlari vazirligi kotibi Nik Mangvana halokat haqida e’lon qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, samolyot bortida taniqli biznesmen Viknell Chivayo, yana uchta yo‘lovchi va ikkita uchuvchi bo‘lgan.
Mahalliy polisiya vertolyot bortidagi barcha odamlar halok bo‘lganini tasdiqladi.
Avariya holatlari va sabablari tekshirilmoqda.