Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Zidan «Real»dan ketib, qayerda ish boshlashi ma’lum bo‘ldi

Zidan «Real»dan ketib, qayerda ish boshlashi ma’lum bo‘ldi

«Real» bosh murabbiyi Zinedin Zidan faoliyatini Fransiyada davom ettirishi mumkin.

El Chiringuito xabariga ko‘ra, PSJ klubi mutaxassis xizmatiga qiziqish bildirgan. Bundan tashqari, klub so‘nggi haftalarda Zidan bilan bog‘lanishga ham erishgan.

Ma’lumot uchun, Zidanning murabbiylik faoliyati faqat «Real» bilan bog‘liq. U 2013 yilda «qaymoqranglilar» bosh murabbiyi Karlo Anchelottiga yordamchi bo‘lgan, shundan so‘ng bir muddat «qirollik klubi»ning ikkinchi jamoasini boshqaradi. 2016 yilda esa fransiyalik mutaxassis asosiy jamoani boshqara boshlaydi. Ikki yildan so‘ng Zidan ishdan ketadi, biroq oradan bir o‘tib, yana jamoaga qaytadi.

«Real» Zidan boshchiligida uch bora Chempionlar Ligasida g‘olib chiqqan, shuningdek, ikki marta Ispaniya chempioni ham bo‘lgan. Umumiy hisobda «qaymoqranglilar» Zidan qo‘l ostida 11 ta sovringa ega chiqqan.

Kiritildi: 23:47 27.10.2020. O'qildi: 5126 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!