Vladimir Zelenskiyning Uitkoff va Kushner bilan bo‘lib o‘tgan suhbatida hududiy masala muhokama qilingan. Bu haqda Axios xabar berdi.
"2 soatlik muloqotdagi yana bir muhim masala Qo‘shma Shtatlarning Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlari bo‘lgan", deya qayd etadi nashr.
Agentlik manbasiga ko‘ra, tomonlar tinchlik kelishuvi bo‘yicha sezilarli siljishga erishgan, biroq yana qo‘shimcha muhokamalar talab etiladi.