Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy va Niderlandiya bosh vaziri Rob Yettenning matbuot anjumani yakunlanganidan so‘ng, ukrainalik tarjimon o‘zini tuta olmay, haqoratli so‘zlar ishlatdi.
Bu haqda «STRANA.ua» nashri xabar bermoqda. Aniqlik kiritilishicha, sinxron tarjimon mikrofonni o‘chirishni unutib qo‘ygan va o‘z noroziligini hissiyotlar bilan ifodalagan.
«Menda hali hech qachon bunaqa matbuot anjumani bo‘lmagandi», — degan u.
Uning hamkasbi esa ingliz tilida «Ey Xudo» («Lord Jesus») iborasi bilan uni qo‘llab-quvvatlagan.