Dyupon-Enyan bu haqda CNews telekanali efirida ma’lum qildi.
«Tramp haq. Zelenskiy tinchlik yo‘lidagi to‘siq. U haq», — dedi fransuz siyosatchisi.
Siyosatchining ta’kidlashicha, Rossiyaga qarshi sanksiyalar tufayli Evropa gaz uchun Xitoyga nisbatan to‘rt-olti baravar, elektr energiyasi uchun esa o‘n baravargacha ko‘proq haq to‘lamoqda.
Uning fikricha, Rossiyaga qarshi sanksiyalar saqlanib qolsa, Fransiya iqtisodiyotining kelajagi bo‘lmaydi.
«Shuning uchun sanksiyalarni bekor qilish kerak. Trampga Putin bilan tinchlik kelishuviga erishishda yordam berish lozim», — dedi u.
AQSh prezidenti Donald Tramp shanba kuni jurnalistlarga Zelenskiy Ukrainadagi mojaroni hal qilish uchun ko‘p marta imkoniyatga ega bo‘lgani, ammo ulardan foydalanmaganini aytgan edi. Shu sababli, uning fikricha, Ukrainaga yangi rahbar kerak.
Zelenskiyning prezidentlik vakolati 2024 yil 20 mayda tugashi kerak edi. Biroq Ukrainada harbiy holat va umumiy safarbarlik joriy etilgani sababli prezidentlik saylovlari bekor qilingan.