Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Ar-Riyoddagi Qirol Xolid xalqaro aeroportiga qilingan hujumda halok bo‘lganlar yoki jarohatlanganlar orasida Qozog‘iston fuqarolari yo‘q. Bu haqda Qozog‘iston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Janbolat Usenov ma’lum qildi.
Saudiya Arabistoni Fuqarolik aviasiyasi boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, hujum natijasida 12 kishi halok bo‘lgan va 309 kishi jarohatlangan.
O‘lganlar orasida to‘rt nafar Saudiya Arabistoni fuqarosi, ikki nafar Bangladesh fuqarosi, shuningdek, AQSH, Misr, Iordaniya, Suriya, Falastin va Sudan fuqarolari bor. Yaralanganlarning ba’zilarining ahvoli og‘ir.
Avvalroq, Yamandagi xusiylar hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgani haqida xabar berilgan edi. Ular aeroportga raketa otgan deb taxmin qilinmoqda. Biroq, tahdid haqida ogohlantirish tizimi ishga tushirilmagan.
Bu aeroportga bir hafta ichida qilingan uchinchi hujumdir. Avvalgi hujumlarda to‘rt kishi halok bo‘lgan va yo‘lovchi samolyoti shikastlangan. Ar-Riyoddan parvozlar oxirgi hujumdan keyin boshqa aeroportlarga yo‘naltirildi va aeroport vaqtincha yopildi.
Xusiylar, o‘z navbatida, aviakompaniyalarni Saudiya Arabistoni havo hududidan foydalanmaslikka chaqirib, bu hududni harbiy harakatlar zonasi deb e’lon qilishdi.
Hodisaning sabablari va hujum oqibatlari hozirda aniqlanmoqda.