Bugun 22 noyabr, 2025 yil, shanba

КИР

Zelenskiyga AQSh rejasi yoqmasa, jang qilishda davom etishi mumkin — Donald Tramp

Zelenskiyga AQSh rejasi yoqmasa, jang qilishda davom etishi mumkin — Donald Tramp

AQSh prezidenti Donald Tramp Vladimir Zelenskiy taklif etilgan «tinchlik rejasi»ni qabul qilmasa, Ukrainadagi urush davom etishini ma’lum qildi. Bu haqda u Oq uyda jurnalistlar bilan suhbat chog‘ida aytdi.

Trampga ko‘ra, AQSh tomonidan taklif etilgan yangi «tinchlik rejasi» – bu Ukraina uchun urushni to‘xtatish va tinchlikka erishish imkoniyatidir. U Zelenskiy bu taklifni ma’qullashi shartligini ta’kidladi.

«Agar Zelenskiyga bu kelishuv yoqmasa, unda ular shunchaki kurashni davom ettirishiga to‘g‘ri keladi», – dedi Tramp.

U, shuningdek, Zelenskiy vaqti kelib baribir qandaydir qaror qabul qilishga majbur bo‘lishini aytadi.

«Yaqinda unga shu yerda, Oval kabinetida aytganman: «Senda kartalar yo‘q», – dedi AQSh prezidenti.

Tramp Ukraina oldida turgan vaziyat qiyinligini, ayniqsa qish mavsumi og‘ir kechishi mumkinligini ta’kidladi. Uning aytishicha, mamlakat energetika infratuzilmasiga bir necha bor keng kshlamli hujumlar qilingan, qish esa «juda sovuq» kelishi mumkin. Bu esa Kiyevni siyosiy qaror qabul qilishga majbur qilishi ehtimol.

O‘z navbatida, ayrim OAVlar yaqin haftada Tramp va Zelenskiy uchrashuvi bshlishi va unda tinchlik rejasi muhokama qilinishi haqida yozmoqda.

Reuters agentligi esa AQSh rasmiylari Kiyevdan rozilik olish uchun qurol-yarog‘ va razvedka ma’lumotlari yetkazib berishni to‘xtatish bilan tahdid qilganini yozgan.

Kiritildi: Bugun 13:27. O'qildi: 987 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!