Yaqinda JCH-2026 saralash o‘yinida Ispaniya bilan o‘ynagan Turkiya terma jamoasining kiyinish xonasida o‘g‘rilik sodir bo‘ldi.
"Marca" nashrining xabar berishicha, kimdir 200 000 yevrolik lyuks soatlar va 60 000 yevrolik qimmatbaho uzuklarni o‘g‘irlagan. Zarar 300 000 yevrodan ortiq deya baholanmoqda.
Turkiya futbol federasiyasi darhol mahalliy hokimiyatga rasmiy shikoyat bilan murojaat qildi. Polisiya allaqachon bir kishini hibsga oldi, o‘g‘irlangan buyumlar qaytarib olinib, egasiga berildi.
Tergovchilar hozirda o‘g‘irlikning mohiyatini va stadion xodimlarining ishtirokini aniqlashga harakat qilmoqda.
Ispaniya va Turkiya o‘rtasidagi JCH-2026 saralashining so‘nggi o‘yini Sevilya shahrida bo‘lib o‘tdi va 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlandi.