Rossiya prezidenti Vladimir Putin Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida Qo‘shma Shtatlarning Ukraina bo‘yicha tinchlik rejasiga munosabat bildirdi.
Vladimir Putinning bayonotidan asosiy iqtiboslar:
◾️ Moskva tinchlik muzokaralariga tayyor, biroq taklif etilayotgan rejadagi barcha tafsilotlar amaliy muhokama qilishni talab etadi;
◾️ Trampning Ukraina bo‘yicha tinchlik rejasi Alyaskadagi uchrashuvdan oldin muhokama qilingan. 28 banddan iborat yangi reja Alyaskadagi sammitdan keyin yangilangan;
◾️ AQSh Rossiyadan Ukraina mojarosini hal qilishda moslashuvchanlik ko‘rsatishni so‘ragan;
◾️ Vashington hali ham urushni tugatish uchun Ukrainaning roziligini ololmayapti;
◾️ Alyaska muzokaralaridan so‘ng AQSh tomoni pauza qildi, bu Ukrainaning kelishuvlarni rad etishi bilan bog‘liq;
◾️ Trampni tinchlik rejasining yangi tahriri Rossiya bilan amalda muhokama qilinmayapti;
◾️ Ukraina va uning ittifoqchilari Rossiyaga strategik mag‘lubiyat yetkazishni orzu qilishmoqda;
◾️ AQSh Ukraina bunga qarshi bo‘lgani uchun Rossiya bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri tinchlik rejasini muhokama qilmayapti;
◾️ Kupyansk allaqachon Rossiya nazorati ostiga o‘tgan. Kiyev va “Evropaning urush qo‘zg‘atuvchilari” Kupyansdagi voqealar frontning boshqa uchastkalarida ham takrorlanishini tushunib yetishlari kerak.