Bugun 18 noyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Rossiyaning Su-57 samolyotlariga xaridor topildi

Rossiyaning Su-57 samolyotlariga xaridor topildi

Rossiya Birlashgan aviasiya korporasiyasi (OAK) xorijiy mijozga beshinchi avlod Su-57 qiruvchi samolyotlarini topshirdi. Bu haqda kompaniya bosh direktori Vadim Badexa ma’lum qildi, deya xabar beradi "Kommersant."

Uning so‘zlariga ko‘ra, yangi samolyotlar allaqachon jangovar navbatchilikka kirishgan va yuqori ko‘rsatkichlarni namoyish etmoqda. Badexa aynan kim xaridor bo‘lganiga aniqlik kiritmadi, biroq buyurtmachi qiruvchi samolyotlarning sifatidan mamnun ekanligini ta’kidladi.

Bir kun avval Dubai Airshow’da ko‘p funksiyali Su-57E qiruvchi samolyoti va modernizasiya qilingan Yak-130M o‘quv-jangovar samolyoti namoyish etildi. Dubai Airshow 2025 xalqaro aviasiya va kosmik ko‘rgazmasi 17-21 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: Bugun 14:05. O'qildi: 1328 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!