Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy dron hujumlariga qarshi kurashish uchun Yaqin Sharqqa 200 dan ortiq harbiy mutaxassis yuborilganini e’lon qildi.
Zelenskiy bu haqda Britaniya parlamentidagi nutqida ma’lum qildi.
"Hozirda Yaqin Sharq va Fors ko‘rfazi mintaqasida 201 nafar ukrainalik bor. Yana 34 nafari joylashtirishga tayyor. Bular harbiy mutaxassislar, o‘zlarini qanday himoya qilishni va Shahid dronlariga qarshi qanday yordam berishni biladigan mutaxassislar. Bizning jamoalarimiz allaqachon Amirliklar, Qatar va Saudiya Arabistonida bo‘lib, Quvaytga yo‘l olishmoqda. Biz boshqa bir qancha davlatlar bilan hamkorlik qilmoqdamiz - kelishuvlar allaqachon tuzilgan", dedi Zelenskiy.