Eron razvedkasi yuqori martabali Isroil amaldorini o‘ldirish bo‘yicha muvaffaqiyatli operasiya o‘tkazganini da’vo qilmoqda.
Bu haqda Fars axborot agentligi xabar bermoqda.
Unda ta’kidlanishicha, Isroil hududining tubida joylashgan Eron maxsus kuchlari bir necha soat oldin yuqori martabali Isroil xavfsizlik amaldorini o‘ldirgan.
"O‘ldirish operasiyasi muvaffaqiyatli o‘tdi", deb xabar berdi IIQK razvedkasi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.