Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy xorijdan harbiy yordam yetkazib berish qayta boshlanganini tasdiqladi.
Bu haqda Ukraina rahbari o‘zining "Telegram" kanalida ma’lum qilgan.
"Bizda eng yuqori darajadagi siyosiy signallar bor - yaxshi signallar, jumladan Amerika Qo‘shma Shtatlaridan, yevropalik do‘stlarimizdan. Barcha ma’lumotlarga ko‘ra, yetkazib berish qayta tiklangan", - deb yozgan Zelenskiy.
Unga ko‘ra, kelasi hafta Kiyev AQSh prezidenti Donald Trampning Ukraina bo‘yicha maxsus vakili Keyt Kellog bilan hamkorlikni davom ettiradi.