Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy va Yevropa yetakchilari Amerika yetakchisi Donald Tramp bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Ukraina davlat rahbari matbuot kotibi Sergey Nikiforov ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, simning bir tomonida Zelenskiy, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron, Germaniya kansleri Fridrix Mers va Polsha bosh vaziri Donald Tusk bo‘lgan.
Nikiforovning ta’kidlashicha, telefon suhbatining asosiy mavzusi Istanbuldagi muzokaralar bo‘lgan.