Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Germaniya kansleri Fridrix Mersga Yevropa va AQSh o‘rtasidagi suhbatni tashkil etgani uchun minnatdorchilik bildirdi va ular urushni tugatishga yaqinroq ekaniga umid bildirdi.
Bu haqda Ukraina yetakchisi Yevropa yetakchilari va AQSh prezidenti Donald Tramp ishtirokidagi bugungi onlayn-konferensiya yakunlari bo‘yicha o‘zining Telegram-kanalida yozgan.
"Germaniya kansleri Fridrix Mersga bugun bizning maxsus formatimizni - Yevropa va Qo‘shma Shtatlar o‘rtasidagi suhbatni qabul qilgani uchun minnatdorman. Muvofiqlashtirilgan pozisiyalarga ega bo‘lish va bir-birimizga haqiqiy tinchlik sari harakat qilishda yordam berish har doim muhim. Yevropada barchamiz Yevropaliklarning qadr-qimmati va xavfsizligini kafolatlay oladigan asosiy tamoyillarni bir xil idrok qilamiz. Biz Amerika Qo‘shma Shtatlari bilan konstruktiv hamkorlik qilmoqdamiz. Biz qo‘shma qadamlarga tayyorgarlik ko‘rmoqdamiz", deydi.
“Umid qilamanki, bugun biz urushni tugatish va kafolatlangan tinch kelajakni qurishga yaqinroqmiz”, — dedi Zelenskiy.