Ukraina prezidenti piyodalarga qarshi minalarni taqiqlovchi Ottava konvensiyasining Ukraina hududida amal qilishini to‘xtatuvchi qonunni imzoladi. Avvalroq mazkur qonun Ukraina Oliy Radasi tomonidan qabul qilingan edi. Qayd etilishicha, Ukraina bu konvensiyadan Rossiya-Ukraina urushi yakunlangach chiqadi.
Zelenskiy, shuningdek, Ukraina parlamenti tomonidan ma’qullangan yana ikki hujjatni imzolaganini bildirdi. Ukraina prezidenti ko‘p fuqarolikka oid qonun va Rossiyaning Ukrainaga qarshi tajovuzi bo‘yicha jinoyatlarni ko‘rib chiqadigan maxsus tribunal tuzish to‘g‘risidagi bitimni ratifikasiya qildi.