Ukraina o‘z resurslarini AQSh yoki boshqa G‘arb hamkorlariga berish niyatida emas.
Bu haqda Ukraina yetakchisi Vladimir Zelenskiy Reuters agentligiga bergan intervyusida ma’lum qildi.
"Bu yer juda boy yer. Lekin bu biz uni hech kimga, hatto strategik hamkorlarga ham beramiz, degani emas. Biz sheriklik haqida gapiryapmiz", - dedi u.
Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, Kiyev foydali qazilma konlarini Vashingtonga bermaslik, ularni birgalikda o‘zlashtirish bo‘yicha o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni taklif qilmoqda.
"Amerikaliklar eng ko‘p yordam berdi, shuning uchun ham amerikaliklar eng ko‘p pul topishi kerak. Va ular bu ustuvorlikka ega bo‘lishlari kerak va ularda shunday bo‘ladi", - dedi Zelenskiy va bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp bilan gaplashmoqchi ekanligini qo‘shimcha qildi.
Eslatib o‘tamiz, 3 fevral kuni Amerika rahbari Vashingtonning Kiyevdan nodir tuproq metallarini olishga qiziqishini ma’lum qilgan edi.