Ukraina prezidenti mamlakat Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashining shaxsiy sanksiyalarni qo‘llash to‘g‘risidagi qarori kuchga kirishi nazarda tutilgan farmonni imzoladi.
Unga ko‘ra, jami 76 nafar shaxs va 81 ta kompaniyaga nisbatan cheklovlar joriy etildi. Canksiyalar ro‘yxatiga Ukrainani tark etgan Arestovich ham kiritilgan.
Arestovich 2023 yil yanvar oyida Ukraina prezidenti devoni rahbari maslahatchisi lavozimini tark etgandi. Bunga uning Dneprdagi ko‘p qavatli uyni vayron qilgan Rossiya raketasini aslida Ukraina havo mudofaa tizimi noto‘g‘ri tarzda urib tushirgan bo‘lishi mumkinligi haqidagi bayonoti sabab bo‘lgan.
Ukrainada Arestovichga qarshi ikkita jinoiy ish qo‘zg‘atilgan - biri "zo‘ravonlikni targ‘ib qilish" (videodagi ayollar haqidagi so‘zlari tufayli), ikkinchisi “yolg‘on guvohlik berish” (Oliy Rada deputati bilan rus tili bo‘yicha mojaro tufayli).
Bundan tashqari, Rossiyada Arestovich ommaviy ravishda terrorizmga chaqirishda va Rossiya haqida "feyklar" tarqatishda ayblangan.