Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Oq uyda AQSh rahbari Donald Tramp bilan uchrashuv "kutilganidek bo‘lmagani"ni ma’lum qildi.
"Bunday bo‘lgani achinarli. Hamma narsani to‘g‘rilash vaqti keldi. Biz kelajakda hamkorlik va muloqotimiz samarali bo‘lishini istaymiz," - deya u X (Twitter)da yozdi.
Davlat rahbari Ukrainaning istalgan paytda foydali qazilmalar va xavfsizlik to‘g‘risidagi bitimni imzolashga tayyorligini yana bir bor ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina ushbu kelishuvni xavfsizlikni mustahkamlash va ishonchli xavfsizlik kafolatlariga qadam sifatida ko‘rmoqda.
Prezident Zelenskiy Ukraina tinchlikka intilayotganini va bu yo‘nalishda "prezident Trampning kuchli rahbarligi ostida" ishlashga tayyorligini bildirdi.
Xabar so‘ngida Ukraina prezidenti Tramp Ukrainaga FGM-148 Javelin tankka qarshi raketa tizimlarini yetkazib bergan "burilish nuqtasi" haqida eslatib o‘tdi.