Bugun 7 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Zelenskiy: Ukraina Chexiya bilan F-16 uchuvchilari uchun qo‘shma o‘quv markazi tashkil etishni muhokama qilmoqda

Zelenskiy: Ukraina Chexiya bilan F-16 uchuvchilari uchun qo‘shma o‘quv markazi tashkil etishni muhokama qilmoqda

Ukraina va Chexiya hukumatlari F-16 qiruvchi samolyotlari uchuvchilarini tayyorlash uchun qo‘shma o‘quv markazi tashkil etish masalasini ko‘rib chiqmoqda.

Bu haqda Vladimir Zelenskiy Pragada Chexiya prezidenti Petr Pavel bilan uchrashuv yakunida ma’lum qildi.

U o‘zining Telegram kanalida ta’kidlashicha, hozircha Ukraina hududida bunday markazni ochish imkonsiz, shu bois u mamlakat tashqarisida tashkil etilishi kutilmoqda.

Ilgari xabar qilinganidek, AQSh Davlat departamenti Ukraina uchun F-16 samolyotlariga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha 310,5 million dollarlik shartnomani ma’qullagan.

Kiritildi: 22:57 04.05.2025. O'qildi: 546 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!