Bugun 29 oktyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Zelenskiy: "Ukraina bu yil har oyda o‘rtacha atigi 12 ta Patriot raketacini olmoqda"

Zelenskiy: "Ukraina bu yil har oyda o‘rtacha atigi 12 ta Patriot raketacini olmoqda"

Ukraina joriy yil davomida Patriot havo hujumidan mudofaa tizimlari uchun har oyda o‘rtacha atigi 12 ta raketa olmoqda. Biroq mamlakatning ehtiyoji bundan ancha yuqori.

Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy jurnalistlarga ma’lum qildi.

«PURL dasturi turli xil vositalarni o‘z ichiga oladi: F-16 samolyotlari uchun 20 millimetrli o‘q-dorilar, HIMARS, shuningdek, Patriot va AIM raketalari. Biz AQShdan ko‘plab qurol-yarog‘ sotib olyapmiz. Yevropa to‘lovlarni amalga oshirdi, barcha buyurtmalar yetkazib berildi va hammasi yaxshi edi. Ammo ayrim holatlarda, ayniqsa Patriot tizimlari bilan bog‘liq masalada, bu katta muammo bo‘lmoqda. 2026 yilda biz har oyda o‘rtacha 12 ta raketa olamiz», — dedi u.

Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainaga raketa yetkazib berish masalasida olg‘a siljish bor, ammo jarayon juda sekin kechmoqda. AQShning Urush vazirligi darajasida Ukraina uchun hayotiy muhim bo‘lgan ayrim turdagi ta’minotni yetkazib berish kechiktirilmoqda.

Avvalroq Zelenskiy so‘nggi uch oy davomida Ukraina AQShdan Patriot tizimlari uchun atigi 24 ta raketa-tutqich olganini ma’lum qilgan edi. Uning ta’kidlashicha, mamlakatning ehtiyoji bu miqdordan sezilarli darajada yuqori.

Kiritildi: 15:40 28.10.2026. O'qildi: 464 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!