Zelenskiy AQSh vakillari bilan muzokaralarni «nihoyatda mazmunli» deb atadi. Shu bilan birga, u hazil tariqasida ularning Kiyevda bo‘lishi «Patriot havo mudofaa tizimlaridan ham samaraliroq ish berganini» aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, tashrif davomida Vladimir Putin Kiyevga zarbalar berishni uch kunga to‘xtatgan, Ukraina esa Moskvaga hujumlardan tiyilgan.
Zelenskiy yaqin vaqt ichida Ukraina, Yevropa va AQSh ishtirokida yangi muzokaralar o‘tkazilishi kerakligini ma’lum qildi. Biroq uning fikricha, hududiy masalalarni o‘z ichiga olgan eng muhim muammolarni faqat yuqori darajadagi uchrashuvda hal qilish mumkin.
Kushner va Uitkoff esa muzokaralarda ilgarilash bo‘lganini ta’kidladi.
«Biz Moskvada olg‘a siljishga erishdik. Bizda yangi g‘oyalar bor va ularni Kiyevga olib keldik», — dedi Uitkoff.
Kushner Ukraina, Rossiya va AQSh o‘rtasidagi uch tomonlama muzokaralarni qayta tiklash tarafdori ekanini bildirdi.