AQSh prezidenti Donald Trampning Turkiyadagi tinchlik muzokaralarida ishtirok etishi Rossiya yetakchisi Vladimir Putinning u yerga ham tashrif buyurishiga qo‘shimcha turtki beradi.
Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy brifing chog‘ida ma’lum qildi.
"Biz prezident Trampga muzokaralarga qo‘shilishni taklif qildik. AQSh prezidenti hozircha qanday qaror qabul qilganini bilmayman. Lekin har holda, agar u ishtirokini tasdiqlasa, Putinning ham kelishi uchun qo‘shimcha turtki bo‘lardi, deb o‘ylayman", - dedi u.