Bugun 26 aprel, 2025 yil, shanba

КИР

Zelenskiy Trampning rejasiga qattiq munosabat bildirdi

Zelenskiy Trampning rejasiga qattiq munosabat bildirdi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Kiyev vaqtinchalik bosib olingan hech qanday hududni Rossiyaning bir qismi sifatida huquqiy jihatdan tan olmasligini ma’lum qildi.

Uning aytishicha, bu Konstitusiyada mustahkamlangan hamda jahon hamjamiyatining aksariyati, shu jumladan betaraf qolishga intilayotgan mamlakatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan tamoyiliy va o‘zgarmas nuqtai nazardir.

"Faqat Ukraina xalqi o‘z hududlarini belgilash huquqiga ega. Vaqtinchalik bosib olingan barcha yerlar Ukrainaga tegishlidir," - deya ta’kidladi Zelenskiy Kiyevning Svyatoshinskiy tumanida Rossiya hujumlari natijasida vayron bo‘lgan uy oldiga gul qo‘yish paytida.

Kiritildi: 22:08 25.04.2025. O'qildi: 1412 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!