Bugun 26 aprel, 2025 yil, shanba

КИР

Yaponiyalik olimlar uzoq umr ko‘rishning oddiy usulini oshkor qildi

Yaponiyalik olimlar uzoq umr ko‘rishning oddiy usulini oshkor qildi

Tsukuba universiteti yapon olimlari muntazam ravishda velosiped minish keksalik davrida o‘lim xavfini va uzoq muddatli parvarishga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirishini aniqladi. Ayniqsa, avtomobil haydamaydiganlarda kuchliroq ta’sir kuzatilgan. Tadqiqot natijalari Transportation Research Part F: Traffic Psychology and Behaviour jurnalida e’lon qilingan.

Ta’kidlanishicha, olimlar 10 yil mobaynida to‘plangan Yaponiya aholisining salomatligi va jismoniy faolligi haqidagi ma’lumotlarni tahlil qilishgan. Ma’lum bo‘lishicha, kuzatuv boshida velosipeddan ko‘proq foydalangan keksa ishtirokchilar keyingi yillarda jiddiy sog‘liq muammolariga kamroq duch kelishgan. Biroq yaxshilanish nafaqat velosiped minishni davom ettirganlarda, balki keyinroq buni boshlagan odamlarda ham qayd etilgan.

Xavflarning eng sezilarli pasayishi haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan keksalarda kuzatilgan. Olimlarning ta’kidlashicha, velosipedda sayr qilish ularning hayotida ayniqsa muhim rol o‘ynagan.

Tadqiqot mualliflari velosipedda sayr qilish nafaqat jismoniy faollik darajasini oshirish usuli ekanligini, shuningdek, keksalik davrida ruhiy-hissiy holatni yaxshilashga va mustaqillikni saqlab qolishga yordam beradi. Olimlar keksa avlod vakillari uchun velosiped minishni yanada xavfsiz va jozibador qilish maqsadida infratuzilma va ijtimoiy tashabbuslarni rivojlantirishga chaqirmoqda.

Kiritildi: 18:58 25.04.2025. O'qildi: 1054 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!